Shahrixonda avtomobillar uchun “eko charm”dan chexol va yumshoq mebellarga qoplama ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

    Shu yoʻnalishdagi kichik biznes loyihalariga 330 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

    Viloyatda avtomobilsozlik sohasida 12 ta yirik va 160 dan ortiq mahalliy korxona bor. Ularda 17 ming aholi bandligi kam ekani qayd etildi.

    Masalan, Andijon “sanoat xabi”dagi oʻrindiq va filtr chiqaruvchi korxonalar quvvati Asakada chiqadigan mashinalarga nisbatan 2 karra koʻp. Lekin, ularni Asaka zavodidan boshqa xaridori yoʻq.

    Shu bois nafaqat Asakadagi, balki qolgan avtomobil zavodlari uchun ham kooperatsiya asosida ehtiyot va butlovchi qismlarni yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish muhimligi qayd etildi.

    Shuningdek, Shahrixonda avtomobillar uchun “eko charm”dan chexol va yumshoq mebellarga qoplama ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi. Shu yoʻnalishdagi kichik biznes loyihalariga 330 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.