Shakarni koʻp isteʼmol qilish semizlik, qandli diabet, gipertoniyani keltirib chiqaradi, bu oʻz navbatida, infarkt va insultga olib keladi.
Yana bir jihatga eʼtiboringizni qaratmoqchimiz. Ogʻir masala shundan iboratki, semizlik onkologik kasalliklarga moyil qilib qoʻyadi.
Bugungi kunda shirin ichimliklar, konditer mahsulotlari, muzqaymoqlarini sevib isteʼmol qilamiz.
JSST 1 kunlik shakar isteʼmolini 25-50 gramm deb belgilagan, biz isteʼmol qilayotgan qand miqdori esa meʼyoridan 10 baravargacha oshib ketyapti.