“Xorazm ahli hurmatini qozongan mashhur ayol rahbarlardan biri boʻlgan Shakarjon Xoʻjaniyozova 8-yil oldin olamdan oʻtgan edi. Men Shakarjon opani koʻp yillardan buyon juda yaxshi bilar edim. Har safar Xorazmga kelganimda samimiy muloqot qilardik.
U inson el-yurt tashvishi, oʻz kasbiga sadoqat bilan yashadilar. Halol va fidokorona mehnatdan bir daqiqa ham toʻxtamadilar”, — dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari shu yil 12-iyun kuni Sh.Xoʻjaniyozovaning 70-yillik yubileyini Xorazm viloyatida keng nishonlashni taklif etdi.
Bogʻotdagi koʻchalardan biriga va oʻzi asos solgan badiiy gimnastika maktabiga Shakarjon Xoʻjaniyozova nomi beriladi.
Viloyatdagi faol xotin-qizlar oʻrtasida Xoʻjaniyozova nomidagi rahbar ayollar tanlovi oʻtkaziladi. Jasoratli va mehnatkash ayol sifatida Sh.Xoʻjaniyozovaning hayoti keng yoritiladi.









