Olimlar bir vaqtning o'zida koronavirus va rinovirus yuqtirgan kishilarning nafas yo'llari shilliq qavatidagi hujayralarni o'rganishdi.  
Ma'lum bo'lishicha, agar ikkala virus ham birdaniga organizmga kirsa, u holda rinovirus tashabbusni o'z qo'liga oladi va koronavirusni hujayralarga kirishiga to'sqinlik qiladi.

“Ma'lum bo'lishicha, rinovirus koronavirusni bostiradi va tez-tez uchraydigan shamollash paytida koronavirus yuqtirish juda kam sodir bo'ladi”, — deydi doktor Pablo Mursiya BBCga.

Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, rinovirus hujayra ichiga kirib olganidan so'ng, organizmning immunitet reaktsiyasini keltirib chiqaradi, bu esa koronavirusning o'zi nusxalarini olish orqali ko'payishiga yo'l qo'ymaydi.
Shunga o'xshash holatlar ilgari ham kuzatilgan. Masalan, Evropaning ba'zi joylarida rinovirusning keng ko'lamda tarqalishi cho'chqa grippi pandemiyasining oldini olgan edi.

Biroq, o'zingizni ehtiyot qiling, deya ogohlantiradi olimlar. Shamollash o'tib ketgach, rinovirus organizmdan chiqib ketganidan so'ng odam koronavirus bilan kasallanishi mumkin.

Uoriksk universiteti tibbiyot fakul`teti professori Lourens Yang fikriga ko'ra, koronavirusga qaraganda ancha yuqumli bo'lgan rinovirus kuz va qish oylarida COVID-19 infektsiyasining tarqalishini sekinlashtirishi mumkin.

Biroq, kelgusi yillarda sovuq fasllar qanday kechishi hali aniq emas. ehtimol, koronavirus hech qaerga yo'q bo'lib ketmaydi, ammo butun dunyo bo'ylab joriy qilingan cheklov choralari tufayli ortga surilib turgan boshqa infektsiyalar nafaqat qaytadi, balki immunitetini zaiflashgan odamlarga ham kuchli ta'sir ko'rsatadi.