Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Gulbahor” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan giyohvandlik vositasining navbatdagi harakatiga chek qo'yildi.

“Gulbahor” chegara bojxona postiga qo'shni mamlakatdan kirib kelgan xorij fuqarosi A.K.ning  qo'l yuklari bojxona nazoratidan o'tkazilganda, qo'l sumkasida 1 dona 200 ml. hajmdagi shampun idishga qadoqlangan o'ziga xos o'tkir hidli, suyuq yog'simon holdagi giyohvandlik vositasiga o'xshash modda mavjudligi aniqlandi. 

Shundan so'ng, ushbu modda ekspertizadan o'tkazilganda, u giyohvandlik vositalari turkumiga kiruvchi sof og'irligi 166,45 gramm bo'lgan “Kannabis moyi” giyohvandlik vositasi ekanligi ma'lum bo'ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Bu haqida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xabar bermoqda