“Gulbahor” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan xorij fuqarosi A.K.ning  qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, qo‘l sumkasida 1 dona 200 ml. hajmdagi shampun idishga qadoqlangan o‘ziga xos o‘tkir hidli, suyuq yog‘simon holdagi giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda mavjudligi aniqlandi. 

Shundan so‘ng, ushbu modda ekspertizadan o‘tkazilganda, u giyohvandlik vositalari turkumiga kiruvchi sof og‘irligi 166,45 gramm bo‘lgan “Kannabis moyi” giyohvandlik vositasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.