Qayd etilishicha, samoviy jism sayyoramiz uchun xavf tug'dirmaydi. 11-dekabr`, shanba kuni taxminan 23 ming km/soat tezlikda asteroid Erdan ancha uzoqlikdagi masofada o'tadi.
Ilgari AQSH kosmik agentligi 4660 Nereusni potensial xavfli deb tasniflagan edi. Ta'kidlanishicha, asteroid keyingi safar Erga 2112 yilda yaqinlashadi.
4660 Nereus asteroidi 1982 yilda kashf etilgan. Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, u qimmatbaho rudadan iborat va qiymati 4,7 milliard dollardan oshadigan nikel, kobal`t va temirni o'zida jamlagan.
Avvalroq NASA Erga yaqinlashib kelayotgan, kattaligi Ozodlik haykali bilan solishtirish mumkin bo'lgan 2021 SG asteroidini o'tkazib yuborgani xabar qilingandi, deb yozadi AiF.