Dam olish kunlari respublika hududi boʻyicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi

    Mamlakatimizda 24 Mart 2023 1690

    Oʻzgidromet Oʻzbekiston boʻyicha 24-26-mart kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti bilan oʻrtoqlashdi.

    Bugun Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo asosan kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorati +20...+23 daraja boʻladi.

    Shanba va yakshanba kunlari respublika hududi boʻyicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati koʻtariladi va +23...+25 darajani, shimolda, janubda va choʻl hududlarda +27...+29 darajani tashkil etadi.

    Respublikaning togʻli hududlarida 24-26-mart kunlari baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin.

    Poytaxtimizda: havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, Kuchsiz shamol esadi. Harorat kechasi +8...+10 daraja, kunduzi +22...+25 daraja boʻladi.