Yigʻilish “Oʻzmilliybank” AJ raisligida oʻtkaziladi.
Anjumanda SHHTga aʼzo davlatlarning Banklararo uyushmaga aʼzo banklari rahbarlari, shuningdek SHHT kotibiyati va SHHT Banklararo uyushmasi hamkor banklari, Oʻzbekistonning vakolatli vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etadi.
Muloqot doirasida SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida savdo va investitsiya hajmi oʻsishini ragʻbatlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, oʻzaro manfaatli sheriklikni yaxshilash maqsadida aʼzo banklar oʻrtasida investitsiya, iqtisodiyot sohalari va kadrlar masalasida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, Banklararo uyushmaga aʼzo banklarda kadrlar salohiyatini oshirish istiqbolini muhokama qilish koʻzda tutilgan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
Eslatib oʻtamiz, SHHT Banklararo uyushmasi Hukumat rahbarlari kengashining 2005-yil 26-oktyabrdagi qarori bilan aʼzo davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va bank xizmati koʻrsatish mexanizmini yaratish maqsadida tuzilgan.