Unda 60 ortiq xorijiy davlatdan 400 ga yaqin turkompaniya va agentliklar ishtirok etdi. Koʻrgazma maydonida Oʻzbekistonning boy madaniy merosi va turizm salohiyatiga bagʻishlangan stend ochildi. Ushbu stendda Oʻzbekistonning diqqatiga sazovor qadamjolari, madaniy qadriyatlarini oʻzida aks ettiruvchi turli suratlar joylashtirildi. Koʻrgazma mehmonlariga respublikamizning turli yoʻnalishlari haqidagi jurnallar taqdim etildi. Shuningdek, milliy hunarmandchilik mahsulotlari namunalari tashrif buyuruvchilarda alohida qiziqish uygʻotdi.
Koʻrgazma tashkilotchilarining aytishicha, 3 kun davom etgan tadbirda 20 mingga yaqin mehmon kelgan.
Oʻz navbatida, mamlakatimiz milliy stendiga tashrif buyurgan tashkilotchilar va xorijiy mehmonlar yurtimizning ushbu jabhalardagi salohiyatini yuqori baholadi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
“ITB China 2023» menejeri Jorj Jannakulas:
— Bu yilgi “ITB China” xalqaro koʻrgazmasida 60 ortiq xorijiy davlatdan 400ga yaqin va 700 ga yaqin Xitoy turkompaniyalari vakillari ishtirok etayotganligini mamnuniyat bilan taʼkidlashni istardim. Shu jumladan, Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati taqdim etilyapti. Mamlakatingizning ushub tadbirdagi ishtiroki oʻzaro sayyohlar oqimini yanada oshirish va bu borada amaliy hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
“Kaiyue International travel agency Co. Ltd.» sayyohlik kompaniyasi rahbari Lyu Tao:
— Kompaniyamiz turizm sohasida 15 yillik tajribaga ega. Oʻzbekistonga bir necha bora boʻlganman. Oʻzbek xalqining mehmondoʻstligi, mamlakatingizning boy tarixi, madaniyati va goʻzal tabiati butun dunyodan sayyohlarni jalb etishga imkon beradi.
Shu sababli, biz xitoylik sayyohlar orasida Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib qilish va mavjud salohiyatdan foydalangan holda kelgusida yurtingizga tashrif buyuruvchilar oqimini yanada oshirishni oʻz oldimizga maqsad qilib olganmiz. Ishonamanki, biz bu maqsadni qisqa muddatlarda uddalaymiz.