22-avgust kuni Sharof Rashidov tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya ishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Mustafoyev ishtirok etdi.
Kun tartibida tashkiliy masala koʻrildi. Unda viloyat hokimi Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga — Ashurov Asilbek Raxmonovich nomzodini deputatlarga tavsiya etdi.
Viloyat hokimining Ashurov Asilbek Raxmonovichni Sharof Rashidov tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Eslati oʻtamiz, Ashurov Asilbek Raxmonovich 2022-yildan buyon Paxtakor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.