Shavkat Mirziyoyev ushbu mahsulotlar hisobiga yiliga 500 million dollarlik import oʻrni qoplanib, 200 million dollarlik eksport va 2 trillion soʻmlik soliq tushumlari taʼminlanishini aytdi:

- Alohida taʼkidlash kerak, biz 300 million dollarlik gazni qayta ishlab, uni qiymati 3 barobar yuqori va dunyo bozorida talab katta boʻlgan tayyor mahsulotlarga aylantiramiz. Buning uchun toʻla asosimiz bor. Chunki bu yerda ishlab chiqarilgan aviakerosin boshqa zavodlar mahsulotiga nisbatan juda toza va sifatli boʻlib, eng zamonaviy samolyotlarga moʻljallangani uchun unga hamisha talab yuqori hisoblanadi.