17-18 avgust kunlari Shavkat Mirziyoev Ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga boradi.Bu oxirgi 30 yil ichida davlat rahbarining ushbu mamlakatga ilk tashrifi. 

UPD:  Tashrif dasturiga muvofiq Jidda shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo'lib o'tadi. Ularda mamlakatlarimiz o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Alohida e'tibor “yashil iqtisodiyot”, yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish, innovatsiyalar, kichik biznes va tadbirkorlik sohalariga qaratiladi.

Sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlarning katta to'plami imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, davlat rahbari Saudiyaning etakchi kompaniyalari, nufuzli xalqaro tuzilmalar – Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazadi.

Shu bilan birga Prezident Makkai Mukarrama va Madinai Munavvarani ziyorat qiladi.