“Bitta toʻgʻri qadam iqtisodiyotni barqaror qiladi. Meni xursand qilayotgani 3-4 milliard AQSH $ ga teng – GTL majmuasini yosh-yosh, 40 ga kirmagan qorakoʻzlarimiz yoʻlga qoʻyyapti, boshqaryapti. (Davlat rahbari “Uzbekistan GTL”  bosh direktori Fahriddin Abdurasulov, Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi direktori Shuhrat Aslanovlarni misol qilib keltirdi) Bular xorijda tahsil olib kelishgan. Bu mega loyihadan nafaqat Oʻzbekiston iqtisodiyoti, balki shu yerda yashayotgan gʻuzorliklar ham manfaatdor boʻlishi kerak” , – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Gʻuzorda yirik ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy obyektlarni koʻpaytirish, aholi dam olishi uchun madaniy loyihalar ishlab chiqish haqida viloyat rahbarlariga topshiriq berdi.