Markaziy Osiyo mintaqasida – Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan tub oʻzgarishlar Oʻzbekiston tashqi siyosatining asosiy yutugʻidir.

Umumiy saʼy-harakatlarimiz natijasida mintaqamizda oʻzaro ishonch va bir-birini qoʻllab-quvvatlash ruhiga asoslangan mutlaqo yangi muhit shakllandi.

Biz rivojlanish drayverlari hamda “yangi oʻsish nuqtalari”ni birgalikda aniqlash va muntazam muloqotlar uchun samarali maydon yaratdik. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini avgust oyi boshida Turkmanistonda oʻtkazishni rejalashtirganmiz.

Shuni alohida taʼkidlab aytmoqchiman: Oʻzbekiston konstruktiv va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga doimo tayyor boʻlgan ishonchli va barqaror, qatʼiy pozitsiyaga ega sherikdir, dedi davlatimiz rahbari.