Gʻuzor tumanida quyosh elektr stansiyasi barpo etiladi

    Saylov 11 Oktabr 2021 1440

    Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda bu haqda taʼkidladi.

    – Energetika sohasida kelgusi besh yilda umumiy qiymati 1,3 milliard dollarlik jami quvvati 1 ming 250 Mega-Vatt boʻlgan loyihalar amalga oshiriladi. Jumladan, Gʻuzor tumanida 200 million dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sarmoyalar hisobiga quvvati 300 Mega-Vatt boʻlgan quyosh elektr stansiyasi barpo etiladi.

    Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasida 1 milliard dollar xorijiy investitsiya hisobidan qoʻshimcha 900 Mega-Vatt quvvatlar ishga tushiriladi.

    Shuningdek, 500 million dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya hisobidan Muborak issiqlik elektr stansiyasi modernizatsiya qilinadi. Umuman, Energetika vazirligi huzurida yirik tarmoq loyihalari uchun infratuzilma barpo etish maqsadida maxsus jamgʻarma tashkil etilib, unga 200 million dollar mablagʻ ajratiladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.