Davlat rahbari mamlakatimizdagi yangilanishlarning asosiy yoʻnalishlari va gʻoyasi haqida quyidagilarni taʼkidladi:
Bizning harakatlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi buyuk ajdodlarimizning davlat va xalq birligi, insonparvarlik va adolat ustuvorligi haqidagi yuksak gʻoyalariga tayanadi.
Shu asosda, xalq hokimiyatini mustahkamlash, parlamentarizmni rivojlantirish va davlat organlari hisobdorligini taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va adolatga asoslangan, odamlar manfaatiga xizmat qiladigan, xalqparvar qarorlar qabul qilish tizimi shakllantirildi. Eng muhimi, biz koʻp yillar davomida amal qilib kelingan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini oʻzgartirdik.
Mamlakatimizda avvalo inson, keyin esa, jamiyat va davlat manfaati barcha harakatlarimizning negiziga qoʻyildi. Hayotimizda “Davlat – insonlar uchun” degan xalqchil gʻoya, izchillik bilan qaror topib bormoqda.