
Davlat rahbari korteji dastlab Qo'shtepa tumanidagi «Tursunov YUsufjon eri» fermer xo'jaligi yonida to'xtadi. Bu erda 50 gektar g'alla, 30 gektar paxta etishtirilmoqda. Prezidentimiz g'alla rivojini ko'zdan kechirdi. Gektaridan 82 tsentner hosil olish kutilmoqda.
SHu erda qishloq xo'jaligi sohasi mutasaddilari va qo'shtepalik fermerlar bilan muloqot bo'ldi.
- Har bir hududning eri, resurslari, imkoniyatlari o'ziga xos. Bugun Farg'onaga kelishimizdan maqsad - bu imkoniyatlarni to'liq safarbar qilib, odamlarga ish o'rni, daromad manbai uchun sharoit yaratish, har bir tuman bo'yicha aniq reja shakllantirish. Qanday mehnat qilsak, shunday hayot bo'ladi, - dedi SHavkat Mirziyoev.

Xo'jalik dalasi yonida «Grapes and Gardens Investment» kompaniyasi tomonidan intensiv bog' ham yaratilgan. 100 gektarda o'rik, 52 gektarda gilos ekilgan. Tomchilatib sug'orish, sun'iy soya qilish uskunalari o'rnatilgan.
Ispaniya va Frantsiyadan keltirilgan o'rik navining hosildorligi juda yuqori. Bu eksportda muhim omil bo'ladi. Bugungi kunda bog' uchastkalari kooperatsiya asosida tajribali tadbirkorlarga berilmoqda.
Davlatimiz rahbari daraxt qatorlari orasiga sarimsoqpiyoz va dukkakli ekinlar ekish, bunday bog'larni ko'paytirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.
SHu erda qishloq xo'jaligi va agrosanoat loyihalari taqdimoti o'tkazildi.





