Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

    Davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt va farovonlik tiladi.

    Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga koʻtarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.