Shavkat Mirziyoyev: tadbirkor bilan doʻst boʻlib, yangicha ishlamasa, natija va samara boʻlmaydi

    Hukumat 8 Aprel 2021 1821

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligi tadbirkorlikni rivojlantirish va joriy yilda aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosi boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

    Yigʻilish tanqidiy ruhda boshlandi.

    Davlatimiz rahbari tadbirkorlarni koʻpaytirish, ularni qoʻllab-quvvatlash haqida gapirar ekan, korrupsiya bor joyda rivojlanish boʻlmaydi, dedi.

    – Biz qanchalik koʻp mablagʻ berganimiz, shart-sharoitlar yaratganimiz bilan viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari dunyoqarashini oʻzgartirib, tadbirkor bilan doʻst boʻlib, yangicha ishlamasa, natija va samara boʻlmaydi, – dedi Prezidentimiz.