Yigʻilish tanqidiy ruhda boshlandi.

Davlatimiz rahbari tadbirkorlarni koʻpaytirish, ularni qoʻllab-quvvatlash haqida gapirar ekan, korrupsiya bor joyda rivojlanish boʻlmaydi, dedi.

– Biz qanchalik koʻp mablagʻ berganimiz, shart-sharoitlar yaratganimiz bilan viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari dunyoqarashini oʻzgartirib, tadbirkor bilan doʻst boʻlib, yangicha ishlamasa, natija va samara boʻlmaydi, – dedi Prezidentimiz.