баннер
21 Mar 2025
21:44

    Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov telefon orqali muloqot qildi

    Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilari boʻlajak oliy darajadagi uch tomonlama uchrashuvga, shuningdek, Samarqand shahrida oʻtkaziladigan «Markaziy Osiyo — YEI« sammiti va Iqlim forumiga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida toʻxtaldilar.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 18-mart kuni telefon orqali muloqot qildilar.

    Yetakchilar yaqinlashib kelayotgan bahor va yangilanish bayrami – Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tiladilar.

    Oliy darajadagi kelishuvlarni, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, logistika, energetika, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Transport-tranzit va energetika infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

    Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilari boʻlajak oliy darajadagi uch tomonlama uchrashuvga, shuningdek, Samarqand shahrida oʻtkaziladigan «Markaziy Osiyo — YEI« sammiti va Iqlim forumiga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida toʻxtaldilar.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech