Mazkur yetakchi moliyaviy institut bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda bank bilan hamkorlikdagi ijobiy surʼat mamnuniyat bilan qayd etildi. Loyihalarning umumiy portfeli 5 milliard dollardan oshgan hamda neft-kimyo, energetika, telekommunikatsiyalar, infratuzilma, yengil sanoat va boshqa sohalarni qamrab olgan.
Energetika, transport, AT infratuzilmasini rivojlantirish, sogʻliqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod yangi loyihalarni sifatli tayyorlash hamda boshlanganlarining natijadorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Ijtimoiy sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga hamda xususiy sektorni rivojlantirishga investitsiyalarni kengaytirish muhim ekani taʼkidlandi.
Oʻz navbatida, boshqaruvchi Nobumitsu Xayasi sheriklik natijalarini yuqori baholadi va Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar dasturini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.








