Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning brifingda maʼlum qilishicha, bu hafta Prezident ishtirokida:
Olis va chekka hududlarda maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish boʻyicha taqdimot;
- “Oʻzagrohimoya” AJ tizimini isloh qilishga doir yigʻilish;
- Hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, koʻp kvartirali uy-joylar massivlarini barpo etish, ularni infratuzilma bilan taʼminlash hamda xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi;
- Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish dasturi ijrosini samarali taʼminlash yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boʻlishi kutilmoqda.
- 30-may kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida videoanjuman shaklida oʻtadigan 2030-yilga qadar “yashil” taraqqiyot va global maqsadlar uchun sheriklik Ikkinchi xalqaro sammitida Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlaydi.
Oʻtgan hafta davlat rahbari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishlar tafsiloti, imzolangan hujjatlar, shuningdek 18-may kuni BMT tomonidan Oʻzbekiston tomonidan taklif etilgan Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyaning bir ovozdan maʼqullangani boʻyicha ham qoʻshimcha axborotlar taqdim etilgan.