“Namangan Qianging Investment” MCHJ tomonidan 7 gektar maydonda amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 70 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Loyiha qurilishi 2019-yilda boshlangan. Kompaniya tomonidan 2019-yilda 2 mln. AQSH dollari, 2020-yilda 1-yarim yilligida 5,6 mln. AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritilgan.
Muloqot davomida mazkur loyihani amalga oshirishni yana-da jadallashtirish, qishloq xoʻjaligi, xususan, gilos yetishtirish borasidagi yangi loyihalarda ishtirok etish taklifi yetkazildi.
Investorlar imkoniyat tugʻilishi bilan Namanganga kelishlari va qurilish ishlariga bosh-qosh boʻlishlarini taʼkidladi. Samimiy va ishchan ruhda kechgan muloqot uchun viloyat hokimiga minnatdorlik bildirdi.