Goalkz.kz sayti xabarida aytilishicha, o'zbekistonlik hujumkor yarim himoyachi Qozog'istonning “Ordabasi” jamoasi safiga qo'shilgan. U bu klubida bir yillik ijara asosida to'p suradi.
SH. Umarov BATeda murabbiy Aleksandr Mixaylov kelishmay qolgani sababli asosiy tarkibdan chetlatib, o'rinbosarlar safiga o'tkazilgandi. Natijada u joriy mavsum Belarus chempionatida qatnashmadi.
SHu o'rinda aytish joizki, SHahboz o'tgan mavsum 27 o'yinda ishtirok etib, 6ta gol kiritgan va 8ta golga assistentlik qilgan.