Shaxmat bo'yicha jahon chempionati O'zbekistonda o'tkazilishi rasman ma'lum qilindi

    Butunjahon shaxmat federatsiyasi tezkor shaxmat bo'yicha jahon chempionati Samarqandda o'tkazilishini e'lon qildi.

    “O‘zbekistonning qadimiy shahri Samarqand 26-30 dekabr kunlari FIDE tomonidan o‘tkaziladigan tezkor shaxmat – rapid va blis bo‘yicha 2023 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

    Besh kun davom etadigan ushbu turnirda jahonning eng yaxshi shaxmatchilari rapid va blis bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun kurashadi.

    “FIDE O‘zbekistonning shaxmat bo‘yicha boy an’analarini qadrlaydi va bu mamlakatning shaxmat bo‘yicha yetakchiga aylanayotganini e’tirof etadi. Shaxmatga bo‘lgan e’tibor bizni ushbu nufuzli musobaqani o‘tkazishni O‘zbekistonga ishonib topshirishimizga sabab bo‘ldi”, — deydi Butunjahon shaxmat federatsiyasi prezidenti Arkadiy Dvorkovich.

    «2026 yilgi shaxmat olimpiadasiga ham O‘zbekiston mezbonlik qiladi. Tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionati mezbonligi ham ushbu yirik musobaqa tayyorgarligiga katta turtki bo‘ladi”, — deya Dvorkovichning so‘zlarini keltirgan FIDE matbuot xizmati.