Joriy yilning 3—8-avgust kunlari Qozog'istonning Mang'istau viloyati Aqtau shahrida maktab jamoalari o'rtasida shaxmat bo'yicha jahon chempionati (World Schools Team Championship) o'tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu  dunyo birinchiligida  Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilaridan  tashkil topgan jamoa mamlakatimiz sharafini   himoya  qildi. Chempionatda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 400 nafar yosh aql gimnastikachilari dona surdi.

Ikrom Haydarov boshchiligidagi o'quvchilarimiz yakunda bitta kumush va  bitta bronza  medalini  qo'lga kiritishdi.  Xususan, 18 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasidagi bashlarda Islombek Xolmamatov yakunda bronza medaliga sazovor bo'ldi. Qizlar o'rtasidagi bahslarda ishtirok etgan Zilola Aktamova esa hal qiluvchi partiyada  mag'lubiyatga uchradi va yakunda  kumush medal` bilan taqdirlandi.

Jamoalar kesimida O'zbekiston shaxmatchilari 53 ta davlat jamoalari orasida 4-o'rinni egalladi. Shuningdek, 18 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar orasida 10 ta eng yaxshi natija ko'rsatgan jamoa sifatida qayd etildi.

“World Schools Team Championship”ning 18 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasidagi bosh sovrinni Turkiya o'quvchilariga  nasib etdi.  Ikkinchi o'rinni Qozog'iston, uchinchi o'rinni esa Hindiston jamoalari egalladi.