Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasi pavilyonida oʻtkazilgan anʼanaviy musobaqaning yakuniy bosqichi shiddatli, doʻstona, shu bilan birga, keskin ruhda oʻtdi.
Ochiq chempionatning yakuniy qismida gʻoliblikka daʼvogarlar toʻplagan ochkolari bilan ajralib qolishdi hamda umumyakunda eng koʻp ochko toʻplagan 3 nafar sovrindorlar aniqlandi.
Shaxmat boʻyicha “Oʻzbekgidroenergo” AJ ochiq chempionatining gʻolib va sovrindorlari Jamiyat tomonidan munosib taqdirlandi.
Yakuniy bosqichda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan ishtirokchi 100 mln soʻm, ikkinchi oʻrin gʻolibligini qoʻlga kiritgan ishtirokchi 75 mln soʻm, uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan ishtirokchi 50 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Gʻoliblar uchligi bilan tanishing:
1-oʻrin – Tursoatov Ulugʻbek, “Gidroproyekt” AJ xodimi;
2-oʻrin – Furqat Imamov – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimi;
3-oʻrin – Mexron Madusmanov – “Ohangaron GES” UK xodimi.
Hamkorlik material