Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat sababli turkmanistonlik shaxmatchilar Toshkentga yetib kelisholmadi.
Eslatib o‘tamiz, umumiy sovrin jamg‘armasi 3 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada dastlabki ikkita o‘rinni egallagan shaxmatchilar Jahon kubogida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishadi.
Kecha bo‘lib o‘tgan 5-tur o‘yinlari hamyurtlarimizga omadli chiqdi. Jumladan, musobaqada reytingi eng yuqori bo‘lgan shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov garchi qora donalarda o‘ynagan bo‘lishiga qaramay qozog‘istonlik Jondos Agmanov ustidan g‘alaba qozondi va o‘z ochkolari sonini 4taga yetkazib oldi.
Ikki hamyurtimiz – Jahongir va Shamsiddin Vohidovlar qarama-qarshiligida esa kuchlar teng keldi: 0,5-0,5.
Musobaqaning ikkinchi tartib raqamli ishtirokchisi Nodirbek Yoqubboyev ham 5-turda g‘alaba nashidasini surdi. U oq donalarda yana bir qozog‘istonlik shaxmatchi, grossmeyster Murtaz Kazgaleyevni mag‘lub etdi.
5-tur o‘yinlaridan keyin Shamsiddin Vohidov 4,5 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib oldi. Biryo‘la uch nafar shaxmatchimiz – Jahongir Vohidov, Nodirbek Yoqubboyev hamda Nodirbek Abdusattorovlar esa bir xil – 4 ochkodan jamg‘arishgan.
Shaxmat: Markaziy Osiyo chempionatida hozircha hamyurtlarimiz peshqadam
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida aql gimnastikasi bo‘lmish shaxmat bo‘yicha FIDE 3,4 zonasi Markaziy Osiyo chempionati bahslari qizg‘in davom etmoqda. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va mamlakatimizdan jami 34 nafar eng mahoratli shaxmatchilar g‘oliblik uchun dona surishyapti.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning «Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston» asari Ammanda arab tilida taqdim etildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini qabul qildi
- Xitoy, Rossiya va AQŞ yetakçilari uçraşuvi yakunlari doirasida Tinçlik deklaratsiyasi qabul qilindi
- Uyqu nerv hujayralariga qanday yordam beradi?
- Özbekiston va Ömon örtasida vizasiz rejim qaçon kuçga kirişi maʼlum qilindi
- Davlatimiz rahbari Turkiya Vitse-prezidenti Javdat Yilmazni qabul qildi
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- 5 million tonna paxta haqidagi hisobotga ijtimoiy tarmoqlarda şubha bildirildi: vazirlik izoh berdi
- Ayrim taʼlim muassasalari xodimlariga mehnat staji uçun ustamalar belgilandi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Ucell 5G tarmog‘i — O‘zbekistonning barcha viloyat markazlarida
- Toşkentdagi Qorasuv kanalida Nil timsohi uşlandi