Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat sababli turkmanistonlik shaxmatchilar Toshkentga yetib kelisholmadi.
Eslatib o‘tamiz, umumiy sovrin jamg‘armasi 3 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada dastlabki ikkita o‘rinni egallagan shaxmatchilar Jahon kubogida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishadi.
Kecha bo‘lib o‘tgan 5-tur o‘yinlari hamyurtlarimizga omadli chiqdi. Jumladan, musobaqada reytingi eng yuqori bo‘lgan shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov garchi qora donalarda o‘ynagan bo‘lishiga qaramay qozog‘istonlik Jondos Agmanov ustidan g‘alaba qozondi va o‘z ochkolari sonini 4taga yetkazib oldi.
Ikki hamyurtimiz – Jahongir va Shamsiddin Vohidovlar qarama-qarshiligida esa kuchlar teng keldi: 0,5-0,5.
Musobaqaning ikkinchi tartib raqamli ishtirokchisi Nodirbek Yoqubboyev ham 5-turda g‘alaba nashidasini surdi. U oq donalarda yana bir qozog‘istonlik shaxmatchi, grossmeyster Murtaz Kazgaleyevni mag‘lub etdi.
5-tur o‘yinlaridan keyin Shamsiddin Vohidov 4,5 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib oldi. Biryo‘la uch nafar shaxmatchimiz – Jahongir Vohidov, Nodirbek Yoqubboyev hamda Nodirbek Abdusattorovlar esa bir xil – 4 ochkodan jamg‘arishgan.
Shaxmat: Markaziy Osiyo chempionatida hozircha hamyurtlarimiz peshqadam
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida aql gimnastikasi bo‘lmish shaxmat bo‘yicha FIDE 3,4 zonasi Markaziy Osiyo chempionati bahslari qizg‘in davom etmoqda. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va mamlakatimizdan jami 34 nafar eng mahoratli shaxmatchilar g‘oliblik uchun dona surishyapti.
Samarqand deklaratsiyasi: bolalar farovonligi uçun investitsiyalar oşiriladi
- Xorijda işlayotgan özbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar undirib berildi
- O‘qituvchining yuksak qadri
- Shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlashdagi strategik qadam
- MKBANKda raqamlashtirish: Xarid jarayonlari toʻliq elektron shaklga oʻtkazildi
- Reuters: BAA qirg‘oqlari yaqinida tankerdan neft to‘kildi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Oʻzbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi.
- Terma jamoamiz FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi