Ushbu turda Oʻzbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov AQSH vakili Fabiano Karuana bilan toʻqnash keldi. Qora donalarda harakat qilgan Abdusattorov 19-yurishdan soʻng boshlangan takroriy kombinatsiyalar tufayli 23-yurishda raqibi bilan durangga rozi boʻldi.
Bugun, 11-may kuni oʻtkaziladigan 5-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda mezbon shaxmatchi — ruminiyalik Bogdan-Daniel Dyakka qarshi dona suradi.
5-tur oldidan turnir jadvaliga nazar tashlaydigan boʻlsak, Fabiano Karuana 2,5 ochko bilan qoʻshimcha koʻrsatkichlar asosida yetakchilik qilmoqda. Nodirbek Abdusattorov esa 1,5 ochko bilan 9-oʻrinda bormoqda.
Eslatib oʻtamiz, 9 turdan iborat ushbu nufuzli musobaqa 16-mayga qadar davom etadi. Gʻolib shaxmatchi 100 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.









