Ishtirokchilar reytingida eng yuqori pog‘onada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov qayd etilgan. U 2 646 ochko bilan eng yaxshi natijaga ega shaxmatchi bo‘ib turibdi. 

“El Llobregat” xalqaro turnirining ikkinchi raqamli shaxmatchisi esa dunyoning 16-chempioni ukrainalik Ruslan Ponamaryov bo‘lib, u 1998-yilda jahonning eng yosh grossmeysteriga aylangan edi. Ponamaryov hozirda 2 633 reyting ochkosiga ega va u xalqaro turnirda ikkinchi tartib raqami ostida qayd etilgan.

Turizm va sport vazirligi xabariga ko'ra, xalqaro turnir shveysarcha tizimda o‘tkazilib, 9 tur davom etadi. Biz ushbu musobaqada hamyurtimizga omad tilaymiz.