UzAning xabar berishicha, bu haqda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi maʼlum qilgan.
– Samarqand shahrida ayollar oʻrtasida oʻtkaziladigan umumiy sovrin jamgʻarmasi 50 ming AQSH dollaridan iborat “Womenʼs Chess Championship 2025” xalqaro turniriga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Mazkur musobaqalar kelgusi yili qadimiy shaharda boʻladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik vazifasini oʻtaydi, – deydi Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisining oʻrinbosari Komil Sindorov.
Musobaqada ishtirok etadigan shaxmatchi ayollar roʻyxati joriy yilning 25-fevral kuniga qadar tashkiliy qoʻmita tomonidan shakllantiriladi.