Shaxmat: yigitlarimiz 3-oʻrinda, qizlarimiz esa 27-oʻrinda borishmoqda

    Sport 21 Sentabr 2024 494

    45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi yakunlanishiga 2 ta tur qolganda gʻoliblik uchun daʼvogarlik qiladigan jamoalar nomi deyarli maʼlum boʻlib qoldi.

    Bu, 17 ochko bilan yetakchilik qilayotgan Hindiston, 15 ochko bilan keyingi toʻrtta pogʻonani band etib turgan AQSH, Oʻzbekiston va Xitoy jamoalari.

    Bugun, 21-sentyabr kuni oʻtadigan 10-tur musobaqasida aynan ushbu jamoalar roʻbaroʻ keladi. Hindiston AQSH bilan, hamyurtlarimiz Xitoy bilan bahs yuritadi.

    Vengriya musobaqalarida oʻz iqtidorini namoyish etayotgan Oʻzbekiston ayollar jamoasi kecha 9-turda Serbiya bilan durangga erishdi va 20 ta jamoa qatorida 12 ochkoli boʻlishga erishdi.

    Bugun, Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi 10-turda 12 ochko bilan 16-oʻrinda borayotgan Angliya shaxmatchi qizlari bilan kuch sinashadi.

    Bugun oʻtkaziladigan 10-turning markaziy musobaqalari Qozogʻiston-Gruziya, Vyetnam-Vengriya, Hindiston-Xitoy oʻrtasida kechadi. Aynan ushbu jamoalar oʻrtasidagi kurashlarda olimpiada gʻolibligiga qaysi jamoalar yanada yaqin kelishi maʼlum boʻladi.

    9 ta turdan keyin yigitlarimiz 3-oʻrinda, qizlarimiz esa 27-oʻrinda borishmoqda.