Musobaqada mezbonlardan tashqari, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Shri-Lanka, Oʻmon, Bangladesh, Hindiston, FIDE bayrogʻi ostidagi Rossiya, Tojikiston hamda Turkmanistondan jami 300 nafarga yaqin bir nechta yosh toifasidagi shaxmatchilar gʻoliblik yoʻlida dona suryapti.
Chempionatda rapid yoʻnalishi boʻyicha bahslar yakuniga yetdi. Unda 4 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi.
Ishtirokchilari soni bizdan koʻp boʻlgan Qozogʻiston terma jamoasi 7 ta oltin, 3 ta kumush, 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni band etdi. Kuchli uchlikka 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan FIDE bayrogʻi ostida qatnashayotgan Rossiya terma jamoasi yakun yasab berdi.
Hindiston, Shri-Lanka, Qirgʻiz Respublikasi va Bangladesh terma jamoalari ham kamida bittadan medalga ega chiqishdi.
Kechadan ishtirokchilar klassik shaxmat boʻyicha bahslarga kirishdi. Keyin esa blis musobaqasiga navbat beriladi.