Maʼlum qilinishicha, yangi idChess texnologiyasi sinovdan oʻtkaziladigan birinchi turnir - shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Gʻarbiy Osiyo chempionati – 2023 (Western Asia Youth Chess — 2023) boʻladi.
FIDE xabariga koʻra, shaxmatda VAR dan foydalanish uch bosqichda amalga oshiriladi:
1) Raqibning qoidabuzarligini qayd etish uchun oʻyinchilardan birining hakamga murojaati;
2) VAR koʻrib chiqish va tavsiyalar berish (agar idChess platformasi yordamida translyatsiya mavjud boʻlsa, hakam mobil ilovada oʻyin translyatsiyasini toʻxtatib turishi va oʻyinchilarning xatti-harakatlarini koʻrsatadigan VAR yordamida oʻyin videosini tomosha qilishi mumkin);
3) Qaror qabul qilish.