Tadbirda, G.Yu. va N.I. ismli ayollar oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.ni shaxsiy video va fotosuratlarini internet tarmoqlarida tarqatish orqali sharmanda qilish bilan qoʻrqitib, undan tovlamachilik yoʻli bilan 8 000 AQSH dollarini talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan G.Yu. va N.I.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Fuqarolarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz yigʻish yoki tarqatish qonunga muvofiq maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻlishini eslatib oʻtamiz.

Ushbu qilmish uchun qonun oldida javob berish barobarida, fuqarolarning shaxsiy hayot daxlsizlik huquqini buzishingiz mumkinligini unutmang!