Shaxslarning bank kartalaridagi pullarini talon-toroj qilinishini toʻxtatish choralari koʻriladi

    Raqamlashtirish 6 May 2025 1348

    Bu tartib haqida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida qayd etildi.

    Qaror bilan shaxslarning bank kartalaridagi pullarini talon-toroj qilinishini toʻxtatish maqsadida banklar, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlariga zamonaviy antifrod va antivirus himoya tizimlarini joriy etish hamda firibgarlar tomonidan soxta raqamlar orqali fuqarolarga qoʻngʻiroq qilishlarini texnik (imkonsiz qilish) cheklash kabi choralar belgilandi.

    Joriy yildan boshlab, har yili bir oy davomida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targʻibot oyligini oʻtkazish hamda tashviqot ishlari sohaga oid barcha davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan faol tarzda olib borish orqali aholining raqamli immuniteti va ogohligini oshirishning doimiy tizimi yoʻlga qoʻyiladi.