Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.P.” va “P.G.” MCHJ rahbarlari va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqarolar tomonidan ushbu jamiyatlarga avtokredit olish uchun toʻlangan jami 396,3 mln soʻm naqd pullarni oʻzlashtirishib, firibgarlik yoʻli bilan oʻzgalarning juda koʻp miqdordagi mulkini qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “D.P.” va “P.G.” MCHJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.