«Suhbat chogʻida voqealarni aniq, xolis va oʻz vaqtida yoritish masalalarini muhokama qildik. Ayniqsa, ulkan axborot oqimi sharoitida faktlarning haqqoniyligini tekshirish, dezinformatsiyaga qarshi kurashish hamda mediasavodxonlikni oshirish yoʻnalishidagi hamkorlikni kuchaytirish tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgani haqida yakdil fikr bildirdik.
Oʻzbekistonning BMT doirasidagi muhim tashabbuslari va xalqaro tadbirlarini yoritishda BMT Yangiliklar xizmati tomonidan koʻrsatilayotgan doimiy qoʻllab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdim. Kelgusida ham yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi«, — deyiladi xabarda.









