Sherzod Shermatov 20 nafar yoshga Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarida bepul taʼlim olishi uchun vaucherlar taqdim etdi

    Ta'lim 25 May 2023 891

    25-may kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov oʻzi tamomlagan maktabning “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida ishtirok etdi.

    Dastlab, bitiruvchi yoshlarga va maktab oʻquvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining bitiruvchi yoshlariga tabrigi” oʻqib eshittirildi.

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov ham bitiruvchilarga oʻzining tabrigini yoʻllab, 20 nafar yoshlarga Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarida beʼpul taʼlim olish uchun vaucherlar taqdim etdi.

    Shu bilan bir qatorda, maktab faxriy oʻqituvchilariga minnatdorlik ramzi sifatida guldastalar topshirildi hamda maktabda raqamli texnologiyalarga oʻqitish sohasida maktabdan tashqari toʻgaraklar tashkil etish boʻyicha rejalar kelishib olindi.