Sherzod Shermatov Bangladeshdagi Amerika Xalqaro universiteti rahbariyati bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 14 Aprel 2022 1207

    Bugun, 14-aprelda kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Bangladeshdagi Amerika Xalqaro universiteti Vasiylik kengashi raisi Doktor Xasanul A. Xasan bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda AKT vazirligi xodimlari va xalqaro universitetdan iborat delegatsiya ham ishtirok etdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekistonda taʼlim sohasining rivojlanishi bilan tanishish, shuningdek, hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

    Taʼkidlash kerakki, Amerika Xalqaro universiteti – Bangladesh (AXUB) (American International University — Bangladesh (AIUB)) 1994-yilda Dakka shahrida tashkil etilgan. Bugungi kunda universitetda 9 500 dan ortiq talaba tahsil oladi.

    Professor-oʻqituvchilar tarkibi mahalliy va xorijiy mutaxassislar – 350 nafar oʻqituvchilardan iborat. Universitetda 4 ta fakultet va 16 ta xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan dasturlar mavjud.

    Uchrashuv davomida ikki tomonlama taʼlim va axborot texnologiyalari sohalarida loyiha hamda istiqbolli chora-tadbirlar, shuningdek, AKT sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, ilgʻor loyihalarni amalga oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.