Unda aholi uchun raqamlashtirish sohasidagi qulayliklarni yanada takomillashtirish maqsadida elektron hukumat yoʻnalishida hamkorlik qilish, IT-taʼlim yoʻnalishida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish hamda Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasida raqamlashtirish boʻyicha masalalar muhokama etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning AKT sohasiga boʻlgan qiziqishini oshirish, raqamlashtirish yoʻnalishiga ayollarni kengroq jalb etish, ular uchun munosib sharoitlar yaratish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, Oʻzbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish va bu orqali xorijiy kompaniyalar ishtirokida BPO xizmatlarini rivojlantirish, IT mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb etish hamda yuqori maoshli ish bilan taʼminlash maqsad qilingani taʼkidlandi, deb xabar beradi Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati.