Xavfsizlik va tashqi siyosat bo'yicha qarorlar hozirda Yevropa Ittifoqi a'zo davlatlarining mutlaq vakolati hisoblanadi va ularni Yevropa Ittifoqi darajasida qabul qilish uchun bir ovozdan ovoz berish talab qilinadi, deb xabar berdi ria.ru.

“Shuning uchun biz o'z tartib-qoidalarimizni qanday qilib yanada samarali qilish mumkinligi haqida o'ylab ko'rishimiz kerak. Biz adliya va ichki ishlar masalalari ko'p yillik jarayon davomida a'zo davlatlarning mutlaq vakolatidan chiqib, kommunitar sohada ko'rib chiqila boshlanishidan ilhomlanishimiz mumkin. Biz shartnomalardagi qoidalarni, masalan, harbiy va mudofaa qarorlari kontekstidagi konstruktiv betaraf qolish mexanizmlarini o'rganishimiz mumkin. Shuningdek, umumiy tashqi siyosat va xavfsizlik siyosatida kvalifikatsion ko'pchilik ovoz berishni bosqichma-bosqich kengaytirish imkoniyatini ham ko'rib chiqishga jur'at etishimiz kerak”.

Kallasning fikricha, yakdillik ayrim YI davlatlari tomonidan savdolashuv vositasi sifatida qo'llanilmoqda va bitta davlatning vetosi qolgan barcha davlatlar uchun siyosatni belgilab berishi mumkin emas.