Uchrashuvda Oʻzbekiston – Yaponiya oʻrtasidagi aloqalar, hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga eʼtibor qaratildi.

Oʻz navbatida, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan va axborot texnologiyalari sohasida hayotga tatbiq etilayotgan loyihalarning istiqbollari, shuningdek, ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yoʻnalishlar, jumladan, raqamlashtirishda hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama etildi.

Xususan, Oʻzbekiston – Yaponiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlari har tomonlama manfaatli va samarali ekanligini taʼkidlandi. Oʻzbekistonda tibbiyot sohasini raqamlashtirishda Yaponiya bilan tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ham qayd etildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimizni mintaqaviy IT xabga aylantirish, BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirishda hamkorlikni oshirish masalalariga ham alohida toʻxtalib oʻtildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.