“Ular (AQSh) uni Amerika ko'rfazi deb nomlashadi, biz uchun bu hali ham Meksika ko'rfazi, butun dunyo uchun ham Meksika ko'rfazi”, dedi u.

Shu oy boshida Sheynbaum Trampning Meksika ko'rfazi bo'yicha tashabbusiga javoban, butun qit'aga 1607-yildan boshlab qo'llanilgan Meksika Amerikasi tarixiy nomni qaytarishni taklif qilgan edi.

Inauguratsiyadan so'ng Amerika Prezidenti Meksika ko'rfazini Amerika ko'rfaziga o'zgartirish jarayonini nazarda tutuvchi farmonni imzoladi – hujjatga ko'ra, AQSh ichki ishlar vaziri “30 kun muddat ichida” uning nomini o'zgartirish bo'yicha barcha “zaruriy harakatlarni” amalga oshirishi kerak, deb xabar beradi ria.ru.