ShHT bosh kotibi: Samarqand forumini tashkil etish juda dolzarb masala edi

    “Samarqand forumini tashkil etish tashabbusi juda dolzarb masala edi. Bu, xususan, dunyoning ko'plab mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga va aholi salomatligiga jiddiy zarar etkazgan koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan sharoitlar bilan bog'liq. Hozirgi inqirozdan ruhiy va jismoniy salomatlik, ta'lim, kasbiy rivojlanish va fuqarolik faolligi nuqtai nazaridan yoshlar juda ko'p azob chekdilar”, dedi SHanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Vladimir Norov yoshlar huquqlari bo'yicha veb-forumda so'zlagan nutqida.

    Uning ta'kidlashicha, Samarqand forumining ahamiyati shundan iboratki, bugungi kunda mamlakatimizdagi yoshlar har qachongidan ham yosh avlodni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar orqali davlat, xalqaro hukumat va nodavlat tashkilotlarining yordamiga muhtoj.

    SHu bois ularning huquq va erkinliklarni himoya qilish, ularning ijodiy salohiyatini mamlakatlarimiz taraqqiyoti manfaatlariga muvofiq amalga oshirish juda muhimdir.

    “Bugun dunyo yoshlarining qariyb yarmi yoki 800 milliondan ortiq odamlar SHanxay Hamkorlik Tashkiloti hududida istiqomat qilishadi.

    O'zlarining energetik, innovatsion va jasur g'oyalari bilan mamlakatlarimiz yoshlari SHHT faoliyatining turli yo'nalishlarida uni yanada rivojlantirish yo'lidagi muhim ustun hisoblanadi. SHu sababli yoshlar tashkilotimizning diqqat markazida turadi,” dedi V. Norov.

    SHuningdek, u 2019 yil noyabr` oyida SHanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining 18-yig'ilishida O'zbekiston tomonining BMTning YOshlar huquqlari to'g'risidagi Konventsiyasi loyihasini tayyorlash tashabbusi bilan chiqishganini ta'kidlab, ushbu masala bo'yicha kelishilgan ishlarni amalga oshirish niyatida ekanini bildirdi.

    “Ushbu BMT Konventsiyasining SHHT mamlakatlari uchun ahamiyati shundan iboratki, u yoshlar huquqlarini himoya qilishning dolzarb jihatlarini tartibga solishda xalqaro va milliy tajribani hisobga oladi hamda xalqaro, mintaqaviy, milliy darajada yoshlarning ehtiyojlarini qondirish, salohiyat va kafolatli huquqlarni rivojlantirish uchun harakatlarni kuchaytirishga qaratilgan“, dedi SHHT bosh kotibi.

    Uning fikricha, ushbu Konventsiyaning BMT Bosh assambleyasining navbatdagi sessiyasida qabul qilinishi davlatlarning va umuman dunyo hamjamiyatining yoshlarning har tomonlama barkamol rivojlanishida duch keladigan muammolariga o'z vaqtida va samarali javob bo'lishi, davlatlar farovonligi va barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun yoshlarning ulkan salohiyatidan foydalanishida muhim asos bo'ladi.

    Ikki kunlik Samarqand veb-forumi “YOshlar 2020: Global birdamlik, barqaror rivojlanish va Inson huquqlari” mavzusida 12 avgust Xalqaro yoshlar kunida ramziy ravishda boshlandi.

    EXHT Bosh kotibi vazifasini bajaruvchi, EXHT nizolarning oldini olish markazi direktori Tuula YUr`yolya tadbirda so'zlaganidek, bu yilgi YOshlar kuni “Global harakatlarga yoshlarni jalb etish” mavzusiga bag'ishlangan.

    "Biz yoshlarga o'z kuchlari va ijodiy imkoniyatlaridan foydalanib hozirgi og'ir sharoitda ham o'z kelajagini qura olishiga yordam berishimiz kerak. Asosiysi, echimlarni birgalikda loyihalashdir. Bu ikki tomonli ko'cha demakdir. Qaror qabul qiladiganlar va yoshlar bir-birlaridan o'rganishadi va bir-birlariga yordam berishadi “,- deydi Tuula YUr`yola. – YOshlarni jalb qilish nafaqat ularni qamrab olishni, balki tinchlik va xavfsizlikni saqlashni ham anglatadi. SHu sababli men dunyo bo'ylab yoshlar, tinchlik va xavfsizlik masalalari kun sayin kuchayib borayotganidan juda mamnunman.

    “YOshlar ko'pincha o'z kelajagini shakllantiradigan qarorlarni qabul qilish jarayonlarida qatnashmaydilar. SHuningdek, ular o'zlarining fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlaridan to'la foydalana olishlarida to'siqlarga duch kelmoqdalar”, dedi EHXT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi direktorining birinchi o'rinbosari Katarjina Gardapxadze forumdagi nutqida.

    SHu bilan birga u ta'kidlaganidek, yoshlar inson huquqlari tizimiga asoslangan tamoyillarga va tinch hamjihat jamiyat qurish va uni saqlashda o'zlarining roliga ko'proq e'tibor berishadi.

    “Ularga o'z nuqtai nazarlarini bayon qilish va ertangi kunning peshqadamiga aylanish qobiliyati kerak. YOshlarni rag'batlantirish va ularning mazmunli ishtirokini ta'minlashning eng samarali usullaridan biri bu inson huquqlari bo'yicha ta'lim: inson huquqlari inson qadr-qimmatini hurmat qilishga qanday hissa qo'shishini o'rganish va tushunishdir”, dedi EHXT DIIHB direktorining o'rinbosari.

    Katarjina Gardapxadze o'z nutqida O'zbekistonning islohotlarni amalga oshirishdagi ulkan sa'y-harakatlarini yuqori baholadi. “Ushbu islohotlarning markazida yoshlar turishini ta'minlash juda muhimdir. SHuningdek, biz forumning YOshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiya loyihasini ko'rib chiqish niyatini yuksak baholaymiz va bu jarayonda yordam berishga tayyormiz”, dedi u.

    Samarqand forumida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan BMTning 72-sessiyasida qabul qilingan YOshlar huquqlari to'g'risidagi Konventsiya loyihasining matni muhokama qilindi.

    Loyiha ustida ishlash 2 yildan ortiq davom etdi. Ushbu yo'nalishda to'plangan mintaqaviy va xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalari o'rganildi. Viloyat va milliy miqyosda bir qator ishlar amalga oshirildi.

    Hozirgi vaqtda Konventsiya loyihasi muqaddima va 26 ta moddadan iborat. Konventsiya muqaddimasida qayd etilishicha, barcha mamlakatlarda yoshlar rivojlanish uchun zarur bo'lgan asosiy inson resurslaridan biridir. SHuningdek, ular ijtimoiy tranformatsiya, iqtisodiy rivojlanish va texnologik taraqqiyotda asosiy rol o'ynaydi.”

    SHu bilan birga yoshlar bu globallashuv va axborot –kommunikatsiyalari texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida jamiyatdagi katta o'zgarishlarning ilg'orlari, foyda oluvchilari va qurbonlari ekanligi ham ta'kidlangan, bu esa yoshlar huquqlari bo'yicha xalqaro Konventsiyaning qabul qilinishini belgilab beradi.

    Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi

    Mabuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.