Konferentsiyani Bosh vazir o'rinbosari, “Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov ochib berdi.

 U o'z nutqida SHHT davlatlari o'rtasida turizmni tiklash masalalarini o'z vaqtida muhokama qilish va davlatlararo ta'lim, sport va madaniy-gumanitar munosabatlarning strategik ahamiyatiga alohida e'tibor qaratdi.

 Konferensiyada Hindiston, Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va boshqa davlatlar vakillari faol ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida pandemiyaning SHHT mamlakatlarida turizm sanoatini rivojlantirishga ta'siri hamda Xalqaro deklarasiyalar va bitimlar masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Respublika ta'lim muassasalari kutubxona fondlarini to'ldirishga qaratilgan xayriya tadbirlarini o'tkazish Markaz uchun yaxshi an'anaga aylangan. Ushbu tadbir doirasida Markaz ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan kitoblar universitet kutubxonasiga taqdim etildi.

Onlayn-uchrashuv yakunida ishtirokchilar postpandemik davrda turizm sohasini tiklash masalalarini hal etishda hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

Shanxay hamkorlik tashkilotining O'zbekistondagi

 Xalq diplomatiyasi markazi matbuot markazi