SHHT Samarqand sammiti Fransiya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

    OAV O‘zbеkiston haqida 10 Oktabr 2022 2100

    Fransiyaning “Club Mediapart” onlayn-gazetasi sahifasida “Shanxay hamkorlik tashkiloti: yangi «Samarqand ruhi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

    Unda joriy yil 15-16-sentyabr kunlari Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining sammiti boʻlib oʻtgani, u bir necha yil ichida Osiyoda turli yoʻnalishdagi hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish uchun muhim platformaga aylangani alohida qayd etilgan.

    Maqolada taʼkidlanganidek, SHHT, birinchi navbatda, siyosiy va iqtisodiy xarakterga ega, u asta-sekin kengayib bordi va 2016-yilda unga Hindiston va Pokiston, 2022-yili esa Eron qoʻshildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

    “Club Mediapart” onlayn-gazetasida Oʻzbekistonning bu yilgi SHHT doirasidagi saʼy-harakatlari mintaqada, shuningdek, dunyoda tobora faollashib borayotgan tashqi siyosatiga mos boʻlganligi taʼkidlanadi. Shuningdek, SHHTdagi faoliyati orqali mamlakatning taʼsiri bir qator xalqaro tashkilotlarda va xalqaro integratsiya jarayonlari doirasida ham yuksalganligi ham taʼkidlangan.